Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Amaliy loyiha


ILMIY-TEXNIK LOYIHA MAVZUSI

Oliy ta’lim muassasalariga byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish mexanizmini ishlab chiqish.

LOYIHA BAJARILISHIDAN KUTILAYOTGAN NATIJA:

Tadqiqot shakli. Oliy ta’lim muassasalariga byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etishning samarali va innovatsion mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy loyiha bajariladi.

Ilmiy-tadqiqot natijalari:

Oliy ta’lim muassasalariga byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish mexanizmi ishlab chiqiladi;

Oliy ta’lim muassasalari mablag‘laridan samarali foydalanish mexanizmi ishlab chiqiladi.

Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilar jamg‘armasi yoki endaument fondlar tashkil etish mexanizmi ishlab chiqiladi.

Natijalarni sinovdan o‘tkazish: Tadqiqotlar Xorazm viloyati va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida sinovdan o‘tkaziladi.

Natijalarni chop etish: Olingan tadqiqot natijalari intellektual mulk ob’ektlari uchun hujjatlar tayyorlanadi. Tadqiqot natijalar  asosida tavsiyanomalar, o‘quv qo‘llanmalar, konferensiya tashkil etiladi hamda nufuzli jurnallarda va Web of  Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda maqolalar chop etiladi.

Moliyalashtirish hajmi bir yilda - 1 mlrd. so‘m

AMALIY LOYIHANING UMUMIY MOLIYALASHTIRISH HAJMI 3  MRLD. SO‘M VA BAJARILISHI 3 YILGA MO‘LJALLANGAN.