Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Abituriyentlarga e'lon


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-289-sonli qaroriga asosan, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida:

Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil qilinishini inobatga olib, quyida keltirilgan (ilova) Urganch davlat universiteti bakavriat ta’lim yo‘nalishlari  va magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023 o‘quv yili qabulida 1-kursga qabul qilinadigan talabalar  Urganch davlat pedagogika institutida o‘qishini boshlashlarini maʼlum qilamiz:

Ilova

 

Urganch davlat pedagogika institutiga o‘tadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar:

Shifr

Ta’lim yo‘nalishlari

1

60110100

Pedagogika

2

60110200

Maktabgacha ta’lim

3

60110500

Boshlang‘ich ta’lim

4

60111200

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

5

60111300

Musiqa ta’limi

6

60111400

O‘zbek tili va adabiyoti

7

60111700

O‘zga tilli guruhlarda rus tili

8

60111800

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

9

60112100

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

10

60112200

Jismoniy madaniyat

11

60112300

Texnologik ta’lim

 

 

Magistratura mutaxassisliklari

12

70110101

Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)

13

70110201

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

14

70110501

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)

15

70111202

Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi

16

70111301

Musiqa ta’limi va san’at

17

70112201

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

18

70112301

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)

 

UrDU Qabul komissiyasi