Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Singapur Respublikasi Singapur hamkorlik dasturi (SCP) doirasida qisqa muddatli o‘quv kursini taklif etadi


Muddati: 2022 yil, 10 oktabr

Singapur Respublikasi joriy yilning 7-10  noyabr kunlari “Ofatlar xavfini kamaytirishga kirish” (Introduction to disaster risk reduction) mavzusida Singapur hamkorlik dasturi (SCP) doirasida tashkil etiladigan qisqa muddatli onlayn o‘quv kursiga taklif etadi.

Ushbu kursda ishtirok etish uchun nomzodlar 2022 yil 10 oktabrga qadar qo‘yidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi: https://go.gov.sg/disasterrsik2022 (batafsil yo‘riqnomani ushbu havola orqali olishingiz mumkin)

Nomzodlar ingliz tilini yozma va og‘zaki yaxshi bilishlari talab qilinadi.

Nomzodlardan xorij tomoni talablariga mos ravishda to‘liq to‘ldirilgan anketalarni joriy yilning 5-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni www.scp.gov.sg  veb saytidan olishingiz mumkin.

Xorijiy hamkorlar bilan akademik

aloqalarni o‘rnatish va protokol xizmati bo‘limi