Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



E'lon


Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan 2023-yilda quyidagi o’quv dasturlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilingan:
•  “Yapon tili va madaniyati”-oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;
•  “Boshlang’ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot dasturi”;
Mazkur dasturlar doirasida Xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2023-yil, 1-fevral
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar mustaqil ravishda Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasining web-saytida (http://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3) batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishlari lozim.
Nomzodlar barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasiga topshirishlari lozim.