Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Qadrli Urganch davlat universiteti talabalari!


Joriy yilning 23-29 oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiada o‘tkaziladi. Ushbu olimpiada ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

Mazkur xalqaro olimpiadani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad  iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, aniq fanlar bilan shug‘ullanishga keng jalb etish hamda ilm-fan yo‘lida xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Olimpiada g‘oliblariga matematika, fizika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura bosqichiga kvotadan tashqari davlat granti asosida kirish huquqi beriladi. Mazkur huquq bakalavr bosqichini bitirgandan keyin 3 yil mobaynida saqlab qolinadi.

Olimpiadada qatnashish istagidagi Urganch davlat universiteti talabalari Matematik tahlil kafedrasi mudiri Rasulbek Sharipovga murojaat etishlari soʻraladi: +998 94 230 18 80