Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati
Bо‘lim О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabr “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari tо‘gʻrisida”gi PQ-61-son qarori, Urganch davlat universiteti Kuzatuv kengashinining 2022-yil 14-may №2-sonli majlis bayonnomasiga asosan 2022-yil 5-sentabrda tashkil qilingan.
Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari bо‘yicha shtatlar jadvali, daromadlar va harajatlar smetalarini amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda shakllantirishi, ularni ijrosini nazorat qilish;
Mehnatga haq tо‘lash jamgʻarmasini tо‘gʻri sarflanishi, lavozim maoshlarining tо‘gʻri belgilanishi, smeta-shtat, kassa va tо‘lov intizomiga rioya etilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan tо‘lovlar, stipendiya, xizmat safari tо‘lovlarining tо‘gʻri hisoblanishi va tо‘lanishi hamda mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini birlamchi hujjatlar va О‘zASBO dasturiy ta’minoti orqali doimiy monitoring qilish;
Universitet ehtiyoji uchun budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan tovar (ish, xizmat)larni xarid qilinishi, tender (tanlov) savdolari о‘tkazilishini О‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari tо‘gʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilishini monitoring qilish va imzolangan shartnomalar bо‘yicha shartlarning bajarilishini nazorat qilish;
Yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklarning asosliligini о‘rganish va bartaraf etish chorasini kо‘rish;
Universitetda mavjud tovar-moddiy qiymatliklar, naqd pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar hamda moddiy va nomoddiy aktivlar inventarizatsiyasini о‘tkazish jaroyonlarida faol qatnashish, shuningdek ularni amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda tashkil etilishi, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlarining inventarizatsiyasi yoki boshqa nazorat va monitoring tadbirlari natijasida aniqlangan kamomadlar va ortiqchaliklarni о‘rnatilgan tartibda kirim qilinishini ta’minlash;
Kamomadlarga yо‘l qо‘yilishi, pul mablagʻlari va tovar-moddiy qiymatliklari talon-taroj qilinishi holatlarini tahlil qilish va ularni oldini olish bо‘yicha profilaqtika, qorrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan profilatika ishlarini olib borish;
Manfaatlar tо‘qnashuviga sabab bо‘ladigan korrupsion holatlarni oldini olish bо‘yicha universitet rahbariga xabar berish;
О‘tkaziladigan о‘rganish va profilaqtika tadbirlari jarayonida odob-axloq va xizmat qoidalari talablariga qat’iy rioya etish; Universitetda asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yо‘l qо‘ymaslik, budjet, smeta-shtat intizomini mustahkamlash, budjet mablagʻlaridan foydalanish, Tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish samaradorligini oshirish masalalari bо‘yicha, shuningdek, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish tо‘gʻrisida universitet rahbariga tavsiyalar berish kabi nizomiy vazifalar bо‘yicha faoliyatini tashkil etadi.