Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet


Bo‘lim faoliyati haqida ma’lumot:

O‘quv-uslubiy boshqarma - o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.

“O‘quv-uslubiy boshqarma” tarkibida 5 ta bo’lim faoliyat yuritadi:

- O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi
- Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy)
- Magistratura bo‘limi
- Talabalar amaliyoti bo‘limi
- Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori

O‘quv-uslubiy boshqarma universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O‘quv-uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

Universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash; Universitetda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

Universitet fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish; O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish; Universitet ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;

Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;

Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;

Talabalar davomatini tahlil etish;

Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;

Universitetdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etish va tahlil qilish;

Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;

Universitetda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

Universitet fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;

Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;

O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;

Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;

Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;

Universitet-filiallarida o‘quv jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish;