Close
Skip to main content

"San'at" kafеdrasi tarixi

       “San'at” kafеdrasi 2023-yil 4-sentabrda Sport va san'at fakultеti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraga 2024-yilning 1-oktabrgacha dotsent Raximov Botir Matyoqubovich rahbarlik qilgan. Shundan beri kafedrani katta o`qituvchi Abdirimov Komiljon Tohirovich boshqarmoqda.

        Hozirda “San'at” kafedrasida asosiy shtatda jami 28 nafar professor-o`qituvchi, 4 nafar o`quv-yordamchi xodim va bir nafar kabinet mudiri faoliyat yuritmoqda.  

        Kafedraning ilmiy darajali kadrlar ulushi 25 foiz tashkil qiladi. Jumladan, jamoada 2 nafar professor, 2 nafar dotsent va 3 nafar PhD darajasiga ega pedagoglar faoliyat yuritmoqda. 

 

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda bakalavr va magistrlar tayyorlanadi:

60210500-Rangtasvir: dastgohli rangtasvir;

60210800-Amaliy san'at: badiiy kulolchilik;

60211400-Vokal san'ati: an'anaviy xonandalik;

60211500-Cholg`u ijrochiligi: an'anaviy cholg`ular;

70211502-Cholg`u ijrochiligi: An'anaviy cholg`ular.

 

Shuningdek, kafedramizda 10 nafar mustaqil izlanuvchi ilmiy dissertatsiya ishlarini davom qildirmoqda.