Close
Skip to main content

 

“Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi tarixi.

 

1994 yil universitetda tashkil qilingan “Kimyoviy-texnologiya” fakulteti , tarkibida mutaxassis chiqaruvchi “Texnologiya asoslari” kafedrasiga asos solinadi. Kafedrada shu yildan boshlab oziq-ovqat   yo‘nalishining “Konservalash texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlangan bo‘lib, 1996 yili kafedra “Oziq- ovqat texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha dastlabki malakali kadrlar tayyorlana boshlandi. 2014 yil kafedra mudiri Kurambaev Sherzod Raimberganovich tomonidan Jahon taraqqiyot bankining loyihasi asosida zamonaviy labaratoriya uskunalari uchun talabnoma berilgan va hozirgi kungacha 4.5 mlrd qiymatida uskunalar olingan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 18 martdagi №156 sonli buyrug‘iga asosan fakultetda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash hamda oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi tashkil etiladi va unga t.f.n. dots Saparbaeva Nasiba Kamilovna mudir qilib tayinlanadi. 2017 yil Saparbaeva Nasiba Kamilovna tomonidan Islom taraqqiyot bankining loyihasi asosida zamonaviy labaratoriya uskunalari uchun talabnoma berilgan va hozirgi kungacha 1.2 mlrd qiymatida uskunalar olingan. 2019 yil fevral oyidan kafedra ikkiga  “Oziq- ovqat texnologiyasi” va “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash hamda biotexnologiya”  kafedralariga bo‘linadi.“Oziq- ovqat texnologiyasi” kafedrasiga k.f.n. dots Ibodullayev Bozorboy Mambetovich ,“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash hamda biotexnologiya”  kafedrasiga t.f.n. dots Saparbaeva Nasiba Kamilovna rahbarlik qiladi.                                                                                                                              

Kafedrada 5321000- oziq- ovqat texnologiyasi (Mahsulot turlari bo‘yicha) bakalavr, 5A321001- oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (Mahsulot turlari) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar, 1+1 hamkorlik dasturi doirasida Magilyov davlat oziq- ovqat universiteti bilan 1-498004- mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar, 02.00.17-“Qishloq xo‘jalik va oziq- ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktarantura faoliyat olib bormoqda.                                                                                                                            

2024 yil mart oyidan t.f.n. dots Rajabov Mansur Farxodovich “Oziq- ovqat texnologiyasi” kafedra mudiri lavozimiga saylandi va qisqa muddat ichida 3 ta grant loyihasiga (ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology, Yevropa ittifoqining KA171-2022 doirasida 2022-2025 yillar doktorantlar bilan o‘zaro almashuv uchun Kopengagen universiteti tomonidan qabul qilingan institutlararo kelishuv, Barqaror rivojlanish va barqarorlik fanlari SDSS magistratura darajasidagi akademik kurs) erishildi va shu grantlar doirasida 12 ta magist va o‘qituvchilar malaka oshirishdi. Кiska mudatda 16 ta PhD darajasini himoyasi bo’lib kafedra ilmiy salohiyati 36% dan 74% gacha ko’tarildi. 2024 yil 10-11 may sanasida “Xavfsiz Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar” Respublika ilmiy texnik anjumani keng miqiyosida o‘tkazildi. 2025-2026 yillarda Boloniya universiteti (Italiya) bilan hamkorlik uchun "101179517 - HEMUA - ERASMUS-EDU-2024-CBHE" granti qo'lga kiritildi. 2026 yilda kafedramiz o’qituvchisi Mavlanov Umrbek Kopengagen universitetida (Top-100) PhD darajasini oldi. 2024-yildan beri har yili Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi talabalari Turkiyaning yetakchi universitetlarida amaliyot o'taydilar (2024-2025 yil Karamanoglu Mehmetbey universiteti va 2025-2026 yil Aksaroy universiteti).