Close
Skip to main content

“Dorivor o‘simliklar va mevachilik- sabzavotchilik” kafedrasi tarixi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch dalat uniersiteti Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti "Meva- sabzavotchilik" kafedrasi  2020 yilda Urganch davlat universiteti Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash“ kafedrasi asosida tashkil topdi,  Urganch Davlat Universitetining yangi tuzilmasiga asosan  Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash“ kafedrasi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasi qilib 2022 yil avgust oyida o’zgartirildi  Tashkil etilgan yili kafedra tarkibida 3 ta dotsent, 1 katta o’qituvchi va 4 o’qituvchi, jami 8 ta o’qituvchi faoliyat olib bordi.

Kafedrada 2022-o’quv yilida jami uch ta yo’nalish mavjud bo’lgan bo’lib, bular "5411700 - Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish", "5411000 - Mevachilik va uzumchilik,  "5411600 - Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik"  yo’nalishlaridir. Ushbu o’quv yilida jami 53 ta (shundan, 12 ta erkak, 41 ta ayol) talaba tahsil oldi.

“Mevachilik va Sabzavotchilik” kafedrasi mudiri q.x.f.f.d., S.Sadullayev va Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani q.x.f.n., dots J.Ro’zimov birgalikda 2022-yilning noyabr oyida Rossiya federatsiyasi “Астрахан государственный университет имени В.Н. Татищева”  universitetiga, ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida qo’shma ta’lim hamda ilmiy loyihalar yuzasidan bordilar va yuqoridagi masalalar bo’yicha ishlarini davom qildirmoqdalar.

2023-yil sentabr oyidan kafedra Urganch Davlat Universitetining yangi tuzilmasiga asosan "Bioinjineriya va oziq-ovqat havfsizligi" fakulteti yiriklashib "Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari" fakulteti qilib belgilandi. Shuningdek  ushbu yil yana bitta yangi yo'nalish " 60820100- O'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish" kabi yo'nalish bilan birga jami 4 ta yo'nalishda jami 190 ta (shundan, 46 ta erkak, 144 ta ayol) talaba, hamda sirtqi ta'limda ham bir qancha talabalar tahsil oldi.

2024-2025 yilda "Meva-sabzavotchilik" kafedrasida katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan kafedra tarkibida 1 ta fan doktori,  4 ta dotsent, 1 katta o’qituvchi va 4 o’qituvchi, jami 10 ta o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari Meva-sabzavotchilik kafedrasi mudiri Sadullayev Sanjarbek Madiyarovich tomonidan shu yili Qovunning 3 ta naviga patent olindi, Shuningdek 70811003- "Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik"  mutaxassisligi bo'yicha Magistratura yo'nalishi ochildi va 6 ta talaba 1-kursga qabul qilindi.

2025-2026 o‘quv yilida "Meva-sabzavotchilik" kafedrasida katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan  2025 yil sentabr oyida kafedraga Turkiya Respublikasining Pamukkale universiteti Qishloq xo‘jaligi fakulteti professori, taniqli olim Turan Karadeniz Meva-sabzavotchilik kafedrasi talabalari uchun mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar olib borish, yevropa tajribasiga asoslangan yangi agrotexnologiyalar bilan tanishish hamda Meva-sabzavotchilik sohasidagi ilg‘or ilmiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashish maqsadida tashrif buyurdi.Shuningdek Kafedrada ushbu o‘quv ulida 2 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya, 6 ta tavsiyanoma 51 ta Scopus bazasida, 74 ta OAK ro‘yhatidagi jurnallarda  maqolalar nashr qilindi va bir qancha anjumanlardama’ruzalar bilan ishtirok qilindi

Kafedrada talabalar va o‘qituvchilar uchun barcha zarur laboratoriya uskunalari va inventarlari mavjud hamda amaliyot o’tash uchun viloyatimizdagi ilmiy-tadqiqot instituti filiallari, fermer xo'jaliklari va oddiy hamda gidropon usulda ekin yetishtiradigan issiqxonalar bilan shartnomalar tuzilgan. Bular jumlasiga  Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi, Agrosanoat majmui tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomli bog'dorchilik uzumchilik va vinochilik  ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi, O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali, "Damkor food" MCHJ, “Tillo domor” MCHJ va shu kabi qator yirik korxonalardir.

2026-2027 o‘quv yilida Meva-sabzavotchilik kafedrasi yangi tuzulmaga asosan “Biotexnologiya” kafedrasi bilan qo‘shilib, 02.09.2026 yildan “Dorivor o‘simliklar va mevachilik-sabzavotchilik” kafedrasi bo‘lib tashkil topdi. Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori., v.b dotsent Quryazov Izzatbek Rajabovich Kafedra mudiri qilib tayinlandi. Hozirda kafedrada 1 ta fan doktori, 6 ta dotsent, 5 ta katta o‘qituvchi va 4 ta o‘qituvchi, 8 ta stajor o‘qituvchi jami faoliyat olib bormoqda.