Maʼlumki, 2020-yil 7-mayda Prezidentimizning “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4708-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning mazmun-mohiyati shundan iboratki, unda mamlakatimiz ilm-fan sohasidagi taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishi sifatida matematika fanini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilgan.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilm-fanning matematizatsiyalashuv tendensiyalari tobora kuchayib bormoqda. Matematik usul va modellar amaliy hayotning barcha jabhalariga har qachongidan ham koʻproq tadbiq etilib, aniq matematik yechimlar asnosida taraqqiyotning turlicha ehtimoliy koʻrinishlari sinovdan oʻtqazilmoqda. Natijada matematikaning boshqa fanlar bilan oʻzaro aloqadorligi oʻsib, matematik modellash asosida fanlararo yondashuv zamonaviy taʼlimning barqaror xususiyatlaridan biriga aylanib qoldi.
Shunisi eʼtiborliki, mazkur qarorda amaliy matematikani rivojlantirish, uni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda turli muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlar ishlab chiqish muhimligi belgilab qoʻyilgan. Respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash vazifasi belgilangan.
Taʼkidlash joizki, hozirgi paytda bu yoʻnalishda Oliy ta’lim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Mexanika va matematik modellashtirish”, “Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yoʻnalishida kadrlarni fanlararo yondashuv asosida tayyorlash, fanlarning oʻzaro integratsiyasi hamda ilm va amaliyot uzviyligini taʼminlash, sohadagi muammolarni modellashtirish orqali matematik yechimlarni ishlab chiqish maqsadida “Matematik modellashtirish”, “Jarayonlar tadqiqoti”, “Sonli usullar”, kabi fanlar oʻqitilmoqda. Mazkur fanlar talabalarda siyosiy hayotdagi muammolarni modellashtirish asosida tezkor matematik yechimlar topish, muayyan davlatning taraqqiyot modellarini qiyosiy oʻrganish, tizimli fikrlash, bugungi tez oʻzgaruvchan va murakkab siyosiy jarayonlarda toʻgʻri qarorlar qabul qilish, voqealar rivojini prognozlash hamda boshqa davlatlarning hatti-harakatlarini toʻgʻri baholash kabi gʻoyatda zarur kasbiy mahoratni shakllantirishga xizmat qiladi.
Muxtasar qilib aytganda, mazkur qarorning qabul qilinishi mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida juda muhim boʻlgan matematikani rivojlantirish, bu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda matematik usullardan ishlab chiqarishning barcha jabhalarida keng foydalanish imkonini beradi. Zero, aniq ilmiy kategoriyalar asosida tafakkur qilish, olingan bilimlarni tizimlashtirish, puxta tahlil qilish hamda oʻzi tanlagan sohani boshqa fanlar kesimida, jumladan, matematik usul va modellar asosida yana-da mustahkamlashni davrning oʻzi talab qilmoqda.
“Algebra va matematik injiniring” kafedrasi haqida
“Algebra va matematik injiniring” kafedrasi dastlab “Matematik injiniring” nomi bilan 2018-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti fizika- matematika fakultetida «Matematik injinering » kafedrasi tashkil qilindi va unga f.-m.f.n., dots Reyimberganov Anvar Aknazarovich mudir qilib tayinlandi.
2024-yilning aprel PhD. Raximov Ilhom Davronbekovich mudir qilib tayinlandi.
2024-yil sentyabr oyidan kafedra «Algebra va matematik injiniring » kafedrasi nomini oldi.
2025-yilning sentabroyidan hozirgi kungacha M.M.Xasanov kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafеdrada bitta fizika – matematika fanlari doktori, professor, yettita fizika – matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), beshta katta o‘qituvchi, o‘n to‘rtta o‘qituvchi va kabinet mudirasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada ikkita ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda bular “Mexanikaning dolzarb muammolari“ va “Zamonaviy matematikaning tadbiqlari “ . Bundan tashqari kafedrada “01.02.05- suyuqliklar va gaz mexanikasi” yo‘nalishida bitta mustaqil izlanuvchi ilmiy izlanish olib bormoqda.
Hozirda kafedramizda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi:
Bakalavr bo‘yicha qabul yo‘nalishi.
1. 60530600 – Mexanika va matematik modellashtrish
2. 60540300- Matematik injiniring(ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)
Magistratura bo‘yicha qabul yo‘nalishi.
1. 70540101 – Matematika (Algebra va geometriya) mutaxassisligi
2. 70530601 - Mexanika va matematik modellashtirish mutaxassisligi
3. 70540103 - Aktuar va moliyaviy matematika mutaxassisligi
4. 70540202 - Matematik injinering” mutaxassisligi