Close
Skip to main content

“Biznes va boshqaruv” kafedrasi. Кafеdra 2024 yilda “Menejment va marketing” va “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedralarining birlashtirilishi natijasida tashkil qilingan. Bugungi kunda kafеdrada jami 40 nafar shundan asosiy shtatda 28 nafar, ichki o`rindoshlik asosida 8 nafar, hamda tashqi o`rindoshlik asosida 4 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan 1 nafari fan doktori, 3 nafari fan nomzodi, 7 nafari PhD ilmiy darajasiga ega.

Bugungi kunda kafedrada bakalavriat ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisligi bo'yicha ta'lim berilmoqda. Bakalavriat ta'lim yo'nalishi 60412500- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), 60411200 - Menejment: (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), 60410100- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 60410500-Bank ishi va auditi, 60411400-Inson resurslarini boshqarish. Magistratura 70412501 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) mutaxassislar tayyorlanmoqda.