Matematik injiniring kafedrasi tayanch doktorant Begjanov Amirbek Shixnazarovichning “Nonyuton suyuqliklarning quvurlardagi pulsatsion oqimini tadqiq qilish usullarini takomillashtirish” mavzusida 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi fizika-matematika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishining muhokamasi о‘tkazildi.
Taqdim etilgan ishda quvurlarda nonyuton (elastik qovushoq) suyuqliklarning statsionar va pulslanuvchi oqimlari modellari tuzilgan va sonli hisob tadqiq etilgan.
Dissertatsiya kirish qismi, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan tashkil topgan.
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlariga mosligi kо‘rsatilgan, muammoning о‘rganilganlik darajasi keltirilgan, tadqiqot maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning « Suyuqliklar harakatining asosiy differensial tenglamalari , nonyuton suyuqliklarning reologik modellari va ularni soddalashtirish usullari » deb nomlangan birinchi bobi uchta paragraf va bob bо‘yicha xulosadan iborat bо‘lib, tadqiqot ishi mavzusi bо‘yicha mulohazalar berilgan.
Birinchi paragrafda Suyuqliklar harakatining asosiy differensial tenglamalari kuchlanishlar orqali ifodalanishlari keltirilgan.
Ikkinchi paragrafda Shulman-Xusid modeli asosida umumlashgan holda nonyuton suyuqliklarning reologik tenglamalari shakllantirilgan.
Uchinchi paragrafda konkret masalalarni yechishda nonyuton suyuqliklarning kanal va quvurlardagi sekin harakat tenglamasini chiziqlashtirish metodikalari taklif etilgan. Chiziqlashtirilgan tenglamalar yordamida nonyuton suyuqlikning silindrik quvur va yassi kanaldagi statsionar va pulslanuvchi oqimlari masalalari analitik kо‘rinishda yechish uchun chegaraviy shartlar shakillantirilgan.
Ikkinchi bob «Nonyuton suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi yassi kanaldagi pulslanuvchi oqimini tadqiq qilish» deb nomlanib, uchta paragrafdan va bob bо‘yicha xulosadan iborat.
Birinchi paragrafda nonyuton suyuqliklarning yassi kanaldagi statsionar va pulslanuvchi oqimi masalasi qо‘yilgan va analitik usulda yechimlarni izlash usuli taklif etilgan.
Ikkinchi paragrafda suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi yassi kanaldagi statsionar oqimida bosim va suyuqlik sarfi о‘zgarishi jarayonlari tahlil qilingan.
Uchinchi paragrafda devori о‘tkazuvchi yassi kanalda nyuton va nonyuton suyuqliklarning pulslanuvchi oqimida puls tо‘lqini tarqalish tezligi va tо‘lqin sо‘nishi bо‘yicha tahlil о‘tkazilgan.
Uchinchi bob «Nonyuton suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi silindrik quvurlardagi pulslanuvchi oqimini tadqiq qilish» deb nomlanib, u uchta paragrafdan va bob bо‘yicha xulosadan tashkil topgan.
Birinchi paragrafda nonyuton suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi silindrik quvurlardagi statsionar va pulslanuvchi oqimi masalasi qо‘yilgan va analitik usulda yechimlarni izlash usuli keltirilgan.
Ikkinchi paragrafda suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi silindrik quvurlardagi statsionar oqimida bosim va suyuqlik sarfi о‘zgarishi jarayonlari о‘rganilgan va tahlil qilingan.
Uchinchi paragrafda devori о‘tkazuvchi silindrik quvurlardagi nonyuton suyuqliklarning pulslanuvchi oqimi tadqiq qilindi. Tadqiqot natijasida nyuton suyuqliklari va nonyuton suyuqliklarning pulslanuvchi oqimidagi puls tо‘lqini tarqalish tezligi va tо‘lqin sо‘nishi kattaliklarining bir-biridan farqi kо‘rsatildi.
Ma’ruzadan keyin talabgorga f.-m.f.d., prof. I.Y.Davletov, t.f.n., dotsent B.Raxmanov, f.-m.f.n., A.A.Reyimberganov, va boshqalar savollar berishdi.