Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi


2021-yil 14-dekabr sanasida Filologiya fakulteti  tomonidan universitetning ilgʻor va iqtidorli talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan  “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
Universitet talaba-yoshlarini ona tilimiz, xususan, o‘zbek tilida ravon va to‘g‘ri so‘zlash, notiqlik san’atini egallashga bo‘lgan havaslarini yana ham kuchaytirish, o‘zbek tili rivojiga hissa qo‘shgan notiq, so‘z san’atkorlari ijodini o‘rganish, targ‘ib qilish, ularning asarlaridagi notiqlik, nutq madaniyatiga oid bilimlarni egallash, davlat tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada kuchaytirish maqsadida o`tkazilgan ushbu ko‘rik-tanlovda universitetning bir guruh shijoatli, iqtidorli talaba-yoshlari oʻz mahoratlarini namoyish qildilar.
Birinchi shartda har bir ishtirokchi o‘zi haqidagi barcha ma’lumotlarni she’riy yoki nasriy yo‘l orqali bayon qilgan boʻlsalar, ikkinchi shartda nutqiy mahoratni yanada oshiruvchi va fikrlashga undovchi erkin mavzularda notiqlik mahoratini ko‘rsatib berdilar.
Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1-òrin 191-guruh talabasi Saparmatova Nodira 
2-òrin 213-guruh talabasi Ibragimov Azizbek
3-òrin 181-guruh talabasi Xudoyberganova Tòxtajon
Ushbu oʻrinlar sohiblarini hamda  tanlovda faol qatnashgan talabalarni   “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primov hamda kafedra professor-oʻqituvchilari  diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirladilar.

Ulashish: