Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Otanazar Madrahimov tavalludining 100 yilligi nishonlandi

Filologiya fanlari doktori, professor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va Mehnat faxriysi Otanazar Madrahimov tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan xotira kechasi hamda ilmiy-nazariy anjuman o'tkazildi. Ko'plab shogirdlarga to'g;ri yo'l ko'rsatib, o'zidan ezgu nom qoldirgan, ilm ahli ham qalbida hanuz barhayot yashayotgan buyuk olim, filologiya fanlari doktori, professor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Mehnat faxriysi, ko'plab ilmiy maqolalar va ilmiy risolalar muallifi, tashabbuskor inson Otanazar Madrahimov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ilmiy nazariy anjuman va xotira kechasi o'tkazildi. 

Filologiya fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu xotira kechasida Xorazm viloyat hokimligi vakillari, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari, olimning oila a'zolari, kasbdosh do'stlari, shogirdlari va universitet talaba-yoshlari qatnashdilar. 

Ilmiy-nazariy anjumanni UrDU rektori B.Abdullayev kirish so'zi bilan ochib berdi, Ilmiy-nazariy anjumanda olimning ilm0fan va yoshlar tarbiyasi borasida amalga oshirgan ibratli ishlari tilga olinib, ma'ruzalar qilindi.Xotira kechasida olimning hayot yo'liga bag'ishlangan videorolik namoyish qilindi. talabalar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Ulashish: