Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan o’tkazilayotgan navbatdagi maxorat darslari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy  tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat universiteti va Bog'ot tumanidagi ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan 3-son IDUM oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha tuzilgan shartnoma asosida Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi Masharipova Yulduz Otaxanovna tomonidan 2022-yil 6-yanvarda mazkur IDUMning ingliz tili fani o'qituvchilariga “Writing strategies and how to teach them effectively” mavzusidagi mahorat darsi o'tkazildi.

Mahorat darsidan keyin maktab o'qituvchilari bilan birgalikda IDUM axborot-resurs markazidagi mavjud adabiyotlar ro'yxati bilan tanishildi va ularni darsda qo'llash bo’yicha mavjud kamchiliklar, afzalliklari va muammolar bo'yicha qizg'in davra suhbati bo'ldi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki, ushbu ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili fani oʻqituvchilariga Davlat budjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va oʻquv qo’llanmalarini sotib olishi uchun 1 mln so’mdan mablag’lar ajratilgan.

Ulashish: