Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo’yicha qisqa muddatli seminar-trening

Seminar-treninglarda Hemis dasturida ishlash, Kredit-modul tizimida o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, Kredit-modul tizimida o’quv jarayonining me’yoriy-uslubiy ta’minoti, tizimda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, Kredit-modul tizimini raqamlashtirish, Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishi va ARM faoliyatini tashkil etish, Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o’zlashtirishni baholash tizimi, xorijiy davlatlardagi ushbu tizimning muhim tamoyillari to’g’risida ma’lumotlar berilmoqda. 

Xususan, bugun 8-yanvar sanasida Tabiiy fanlar fakultetida Kredit-modul tizimi asosida o'quv jarayonlarini tashkil etish to'grisidagi kursni  “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi o`qituvchisi  Sh.Xodjayev, Xorijiy filologiya fakultetida  Hemis dasturida ishlash boʻyicha kursni  “Roman-german filologiyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi U.Qutlimurotovlar olib bordilar.

Seminar-treninglarda tinglovchilar o’zlarining fikr-mulohazalari, savol-javoblari va bahsli jarayonlari bilan faol qatnashmoqdalar.

Ulashish: