Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Alisher Navoiy hayoti va ijodi

Filologiya fakultetining bir guruh professor-o'qituvchilari ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy hayoti va ijodining o‘rganilgan va o‘rganilayotgan tomonlariga bag'ishlab suratga olingan Xorazm MTRKning "Tilimizni o'rganamiz" dasturida chiqish qildilar. Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni xususida "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi mudiri, dots. A.Primov,  f.f.d A.O'razboyev,  PhD H.G'ayipova,  Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini S.Yangiboyeva, "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchilari Z.Saidjanova, M.Rahimovalar ilmiy-nazariy ma'lumotlar keltirib o'tishdi.
Dastur davomida Navoiy musulmon Sharqining deyarli barcha janrlarida o‘z qalamini sinab ko‘rganligi, o‘z ovozi, uslubi borligini ko‘rsata olganligi haqida qimmatli fikrlar bildirildi.

Ulashish: