Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Filologiya fakultetita Navro'z ayyomiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazildi

Ma'lumki, Navroʻz – yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir.
 21-mart kecha va kunduz tenglashadigan kun, ya'ni Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. 

Ayni kunlarda butun mamlakatimizda navro'ziy kayfiyat hukmron. 
Filologiya fakultetida ham bayramga bag'ishlangan milliy an'analarimiz, qadriyatlarimizni aks ettiruvchi tadbir, tanlov, sayllar o'tkazilmoqda.
Bugun fakultet binosida ayyom munosabati bilan milliy taomlar ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Kun davomida yoyiladigan dasturxon talaba-qizlar tomonidan tayyorlangan bahoriy noz-ne'matlar ila bezalgan.

Ulashish: