Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



PROFESSOR-O‘QITUVChILARI UCHUN ILMIY-USLUBIY SEMINAR

«Ingliz tili va adabiyoti» kafedrasi o‘qituvchisi Rahimova Xilola 2019 yil 25 sentyabr' kuni «Professional rivojlanish xonasi» da kafedra professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan uslubiy seminar tashkil qildi va o‘tkazdi. Seminar X.Rahimovaning joriy yilning avgust oyi davomida Buyuk Britaniyaning Norvich shahridagi NILE institutiga tashrifi doirasidagi malaka oshirish kursida qatnashib kelganligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, chet elda malaka oshirish davomida orttirgan tajribasini kafedra o‘qituvchilari bilan baham ko‘rishga qaratilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining takliflariga binoan, ushbu seminar «Autentik materiallarni ishlatishning afzalliklari va kamchiliklari» mavzusiga bag‘ishlandi. Seminar autentik materiallarni ishlatish to‘g‘risida fikr almashishdan boshlanib, undan keyin autentik materialni amalda ishlatib, sinab ko‘rishga o‘tildi. Autentik material sifatida X. Rahimova tomonidan “Ronald L. Sanford story inside death row” nomli video tanlandi. Seminar qizg‘in va qiziqarli o‘tdi. Seminar so‘ngida, kafedra professor-o‘qituvchilari X.Rahimova tomonidan o‘tkaziladigan keyingi uslubiy seminar mavzusi bo‘yicha takliflar bilan chiqishdi.

Ulashish: