Close
  • QABUL 2024
    CALL-MARKAZI

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Zamonaviy onlayn ta'lim markazini tashkil etish

Jahon banki taraqqiyot xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan loyixalashtirilayotgan loyiga “zamonaviy onlayn ta'lim markazini tashkil etish" doirasida UrDUda 24-26 sentyabr kunlari 2 smenada (soat 9.00 dan 13.00 va 14.00 dan 18.00 gacha) Urganch Davlat universiteti o'qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi. Seminar-treninglarni Ulug'bek Artikovich Mirzalimov, loyiha bo'yicha tashqi maslahatchi, Respublika xalqaro ta'lim va ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi direktori 3.0 universiteti direktori olib bordi. Seminar davomida universitetning ilmiy salohiyatini tarmoqda namoyish etish, bo'yicha o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi. O'quv jarayoniga yangi ta`lim texnologiyalarni joriy etish bo'yicha dolzarb muammolar ko'tarildi. Uch kun davomida seminar-treninglarda 350 dan ortiq professor-o'qituvchilar faol ishtirok etib, o'qitishning innovatsion usullari bilan bog'liq qator muammoli savollarga javob oldilar. Birinchi kundan boshlab nazariy bilim olgan faol o'qituvchilar ularni amalda qo'llashga muvaffaq bo'lishdi.

 

 

Ulashish: