Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Talabalar kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilgan "Yangi Oʻzbekiston-Uchinchi Renessans" mavzusidagi ilmiy-ommabop maqolalar tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Urganch davlat universiteti rektorining 2022-yil 19-fevraldagi 31-sonli buyrugʻi bilan universitet talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekiston-Uchinchi Renessans" mavzusidagi ilmiy-ommabop maqolalar tanlovi oʻtkazilgan edi.

Tanlovga kelib tushgan maqolalar tuzilgan tashkiliy qoʻmita aʼzolari tomonidan atroflicha tahlil qilindi. Barcha maqolalar maxsus plagiat tekshiruvidan oʻtkazildi. Mutaxassislar tomonidan maqolalarni oʻrganish natijasida quyidagi talabalar gʻolib deb topildi va ularga tanlov nizomiga muvofiq pul mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha qaror qabul qilindi:

1-o‘rin: Xudayberganov Yodgorbek Sotimbayevich - Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi - 1 mln soʻm pul mukofoti, I darajali diplom;
2-o‘rin: Ismailov Mahmudbek Nodirbek o‘g‘li - Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi - 600 ming soʻm pul mukofoti, II darajali diplom;
3-o‘rin: Madrimov Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li - Tarix fakultet 2-bosqich talabasi - 400 ming soʻm pul mukofoti, III darajali diplom bilan taqdirlanadi

Ulashish: