Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Universitetlararo hamkorlik davom etmoqda

Joriy 13-may kuni f.f.d., professor  Zeboxon Qobilova Filologiya fakulteti dekani D.G'ayipov, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.Matkarimova hamrohligida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdilar. Uchrashuv avvalida rektor B.Abdullayev Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, talaba-yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilgan shart-sharoitlar va moddiy-texnik bazasi bilan tanishtirib oʻtdi. Qo'qon davlat pedagogika instituti va Urganch davlat universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishni alohida taʼkidlab o'tdilar. Bu borada tomonlarning takliflari tinglandi. Shuningdek, professor Z.B.Qobilovaga  hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qo'shgan hissasi, ta'lim muassasa talabalariga yuqori saviyada mahorat darslari olib borganligi uchun minnatdorchiligini bildirdi.

Ulashish: