Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ogahiyshunoslik bo'yicha fakultativ mashg'ulotlar tashkil qilindi

Urganch davlat universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida Ogahiyshunoslik bo'yicha fakultativ mashg'ulotlar tashkil qilingan. Mazkur o'quv mashg'ulotlari joriy 11-maydan boshlab  Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida UrDU O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.d. A.D.O'razboyev tomonidan olib borilmoqda. Ma'lumot o'rnida: Ogahiyshunoslik bo'yicha fakultativ o'quv mashg'ulotlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti filologiya hamda siyosatshunoslik yo'nalishida tahsil olayotgan barcha bakalavriat hamda magistr talabalari uchun tashkil qilingan. Olib borilayotgan o'quv mashg'ulotlari talabalarda katta qiziqish uyg'otib, ularni mumtoz madaniyatimizga, xususan, Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy hayoti va ijodiga bo'lgan qiziqishlarini orttirmoqda. Keyingi o'quv yillarida ushbu o'quv mashg'ulotlari hajmini kengaytirib, ularni maxsus kurs natijasida o'tish rejalashtirilmoqda.

Ulashish: