Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Respublika esslelar tanlovi o'tkazildi

Joriy yilning 24-may kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida "Yangi O'zbekistonni o'zimiz, o'z qo'llarimiz bilan bunyod etamiz" shiori ostidagi Respublika esselar tanlovining final bosqichi ishtirokchilari bir yerga jam bo'lishdi. Dastlab tanlov ishtirokchilari Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o'rinbosari, akademik Saidov Akmal Xolmatovich bilan uchrashuv tashkil qilindi. Shundan so'ng ishtirokchilar O'zbekiston Milliy Akademik drama teatrida Qo'chqor Norqobil asari asosida sahnalashtirilgan "Zamindan olis ketma" spektakli namoyishiga tashrif buyurishdi. Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovning respublika bosqichida Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi G.Sapayeva ham ishtirok etmoqda.

Ulashish: