Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Fakultetimizda mahorat darslari olib borilmoqda

Joriy yilning 24-may sanasidan boshlab Urganch davlat universitetida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Sahna nutqi kafedrasi professori v.b., s.f.n. Xalikulova Go'zal Erkinovna Filologiya fakultetining yosh o'qituvchilari, tyutorlari hamda talabalari uchun "Nutq madaniyati va uning shakllanish omillari" mavzusida mahorat darsi olib bormoqda.

Nutq madaniyati va uni yuzaga chiqaruvchi asosiy omillar, xususan, nutq texnikasiga xos xususiyatlar, pedagoglar nutqiy ravonlikka erishishga yo'llovchi asosiy jihatlar xususida Filologiya fakulteti dekani f.f.d. D.Q.G'ayipov kirish so'zida alohida ta'kidlab o'tdi hamda G.E.Xalikulova seminarlariga muvaffaqiyat tiladi.

Adabiy til me'yorlariga amal qilgan holda tinglovchilarga nutqni yetkaza olish usullari, xotirani mustahkamlashda ahamiyat qaratiluvchi vositalar borasida zaruriy ma'lumotlar berish bilan bir qatorda amaliy mashg'ulotlar ham bajarib borildi. Har kuni bo'lib o'tayotgan seminarlar talabalarda katta qiziqish uyg'otmoqda.

Ulashish: