Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



PORTUGALIYANING PORTO UNIVERSITETI PROFESSORI PAULA RODRIGUES JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI TALABALARIGA DARS BERMOQDA

Bugungi kunda Urganch davlat universiteti Portugaliya universitetlari bilan talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi boʻyicha bir qator samarali hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Ayni kunlarda jahonning nufuzli Top 300 talik roʻyhatidan oʻrin olgan Porto universiteti professori Paula Rodrigues UrDU Jismoniy madaniyat fakultetida 16-maydan 26-may sanasiga qadar faoliyat olib borayotgani fikrimiz dalilidir. Sport yoʻnalishi boʻyicha belgilangan guruhlarda dars mashgʻulotlarini oʻtkazyotgan  professorning darslarida asosan, 3-kurs talabalari hamda barcha xohlovchi magistr va doktorantlar ham qatnashmoqdalar.  Bugun, 19-may kuni  professor Paula Rodrigues "Scientific Article Structure in Scopus" mavzusida ilmiy maqola yozish koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi. 

Ulashish: