Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida ijodiy(kasbiy) imtihonlarga tayyorgarlik jarayonlari

Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublikamiz bo'ylab davlat oliy ta'lim muassasalarida ijodiy (kasbiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Shu jumladan, ertadan ya'ni 1-avgust sanasidan boshlab Urganch davlat universitetida ham ijodiy (kasbiy) imtihonlar boshlanadi. Shu munosabat bilan  ijodiy (kasbiy) imtihonlarni o'tkazilishini nazorat qilish uchun biriktirilgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xodimlari  universitet qabul komissiyasining mas'ullari bilan birgalikda tayyorgarlik jarayonlarini ko'zdan kechirdilar.

Tayyorgarlik jarayonlarida quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi: 

Abituriyentlarning ota-onalari va kuzatuvchilar uchun sharoit hozirlandi;
Ijodiy (kasbiy)  imtihonlar o‘tkaziladigan hududlarning abituriyentlar uchun qulayligi ta'minlandi;
Ijodiy (kasbiy)  imtihonlar o‘tkazishda ishtirok etish uchun respublika OTMlaridan jalb qilingan komissiya a'zolari uchun ham zarur sharoit va imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, Urganch davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihonlarni onlayn kuzatuv imkoniyatlari yaratilgan.

 Jumladan, ijodiy (kasbiy) imtihonlarni shaffof o'tkazilishini ta'minlash maqsadida mavjud kuzatuv kameralariga 16 ta yangi, 24 soat uzluksiz ishlaydigan (FullHD formatda) kuzatuv kameralari o'rnatildi.

 Tashrif buyuradigan ota-onalarning kutishlari uchun barcha sharoitlarga ega alohida kuzatuv zallari tashkil etilgan.

Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizning imtihon topshirish jarayonlarini masofadan, onlayn kuzatib borish imkoniyatiga egasiz! 

Imtihonlarni kuzatuv havola: https://camera.urdu.uz

Ulashish: