Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Faxriy va ijodkor ustozlar fakultetimiz mehmoni

Filologiya fakultetida Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan Ma'naviyat soatlariga faxriy ustozlar, ijodkorlar hamda mehnat faxriylari taklif qilinmoqda.
 6-sentabr sanasida Yozuvchilar uyushmasi viloyat raisi, shoira, "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati", "Shuhrat" medali sovrindori G.Ibodullayeva tashrif buyurib, "Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz" mavzusida davra suhbati o`tkazdi. G.Ibodullayeva  yangi o`quv yilining boshlanishi, istiqlolning muborak yoshi bilan talabalarni samimiy tabrikladi.
Yoshlarga istiqlol azaliy orzu ekanligi, uni ko`z qorachig`idek asrash insoniylik burchimiz ekanligi haqida ma'ruza qildi. Mustaqillikkacha xalqimiz boshidan o`tgan sinovli kunlar, mustaqillikdan keyingi O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov olib borgan odilona siyosiy jarayon, Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, Yangi O`zbekistonning kelajakni uzoq ko`zlagan holdagi amalga oshirayotgan tashabbuskorlik ishlari haqida batafsil to`xtalib o`tdi.

Ulashish: