Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Bir guruh fidoiy ustozlarimiz mukofotlandi

1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan Prezident tomonidan bir guruh fidoyi ustozlar mukofotlandi!

Ular orasida oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan ustozlar ham e’tirof etildi (https://t.me/eduuz/10590).

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan
Mustofoyev Jumanazar Safoyevich — Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi;

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Farmonov Shokir Qosimovich — O‘zbekiston Milliy universitetining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi professori;

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Tuxliyev Nurislom — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori;

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abduvalitov Ergash Bo‘ronevich — Toshkent davlat pedagogika universitetining qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,
Bakirov Abduvali — Angren shahridagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi,
Mardonova Nigora Axatqulovna — Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi tarbiyachisi,
Mahmudov Ravshanbek Jalilovich — Guliston davlat universitetining milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professori,
Mirzaboyev Serikbay Dauilbayevich — Nukus shahridagi 2-kasb-hunar maktabining bosh ustasi;

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Amirova Zuvayda Shodmonovna — Termiz shahridagi kasb-hunar maktabining informatika fani o‘qituvchisi,
Babadjanov Xushnut — Urganch davlat universitetining rus tili va adabiyoti kafedrasi professori,
Ismoilova Shoira Pulatovna — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyining informatika fani o‘qituvchisi,
Mirzayeva Ravshanoy Xurbayevna — Paxtaobod tumanidagi 1-kasb-hunar maktabi direktori,
Olimova Zevar Sultonovna — Vobkent sanoat va transport texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi;

“Do‘stlik” ordeni bilan
Azimov Mumin Usmanovich — Ko‘kdala tumanidagi Chiroqchi pedagogika kolleji direktori,
Annayev Tuxtash Jurayevich — Termiz davlat universitetining O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi,
Nurullayeva Nigora Nazirovna — Urganch davlat universiteti akademik litseyining nemis tili fani o‘qituvchisi.

 

 

Ulashish: