Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining yangi o'quv yilidagi ilk soni bo'lib o'tdi

Bugun, 29-sentabr kuni Filologiya fakulteti tomonidan universitet miqyosida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining yangi oʻquv yilidagi ilk soni bo'lib o'tdi. Unda Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tanlovni UrDU Filologiya fakulteti dekani D.G'ayipov kirish soʼzi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlovning ilk soni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bagʻishlandi va tadbirda xushovoz xonanda Ruslan Matnazarov mehmon boʻlib, oʻzining goʻzal xonishlaridan bahramand etdi. Tanlov O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Rauf Parfi ijodi hamda Rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Sergey Yesenin she'riyati yuzasidan tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda fakultetning 7 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.  192-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan taqdimot, ustozlarga ehtirom aks etgan videorolik hamda sahna ko'rinishlari va go'zal raqs va kuy-qo'shiqlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bagʻishladi. Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib borildi. Tanlov g'oliblari hamda tanlovda faol qatnashgan talabalar fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Ulashish: