Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



BUTUNJAHON OZON QATLAMINI MUHOFAZA QILISH KUNI

Ekologik sana munosabati Tabiiy fanlar fakulteti 201-202-ekologiya guruhi talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedra mudiri S.Bobojonova, dekan muovini D.Mahmudova, kafedra dotsenti  A. Masharipov hamda tyutor R.Matchanovlar ozon qatlamini muhofaza qilish, uning yemirilishining salbiy oqibatlari, ozon qatlamining yemirilishini toʻxtatish orqali atrof-muhit yaxshilanishi, ozonga zarar yetkazmaydigan texnologiyalarga oʻtishning iqtisodiy foydalari, atmosfera havosini muhofaza qilishda qonunchilikni takomillashtirish masalalari haqida faktlarga asoslangan holda oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Oʻz oʻrnida talabalarning ham fikrlari tinglandi.

Ulashish: