Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorijiy tillarni o'rganish bo'yicha davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 6-oktabr kuni UrDU Filologiya fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Adolat Allaberganova tomonidan fakultet talabalarining xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish, xorijiy tillarni o'rganishni ta'lim siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida rivojlantirish maqsadida 4-bosqich talabalariga davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ/5117-son qarori yuzasidan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2022-yil 30-iyunda tasdiqlagan "2022/2023-o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta'limdan keyingi ta'lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi 220-son buyrug'i yuzasidan talabalarga ma'lumotlar berildi.

Ulashish: