Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Qatag'on qurbonlari" muzeyida 21-oktabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi

Bugun Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari" muzeyida 21-oktabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Ona tili-millat ko'zgusi" mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirni muzey direktori Y.Rahmonova ochib berdilar. Ushbu tadbirda Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi M. Otamuratova boshchiligida UrDU Filologiya fakultetining iqtidorli talaba-yoshlari o'z dasturlari bilan faol ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida ona tilimizni madh etuvchi she'rlar ijro qilindi. Shuningdek, tilimiz ravnaqi yo'lida o'z hissasini qo'shgan ma'rifatparvar ajdodlarimiz adabiy merosi haqida alohida to'xtalib o'tildi. Tadbir yakunida faol talabalar muzey rahbariyati tomonidan serifikatlar va qimmatli kitoblar bilan taqdirlandilar.

Ulashish: