Urganch davlat universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi jadal tusda davom etmoqda
Ayni kunlarda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida universitetga turli manzarali va mevali daraxtlar keltirilib, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar tomonidan universitet hududiga ekilmoqda.
Ushbu ekilayotgan navlar kelgusida universitetimizning koʻrkiga koʻrk qoʻshib, atrof-muhitni yanada koʻkalamzorlashtiradi. Bu esa insonlarga nafaqat yaxshi kayfiyat ulashadi, balki salomatlik uchun ham juda foydali soʻlim maskanga aylanadi. Soyasidan barchamiz birday bahramand boʻlamiz!


