Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalari amaliyot jarayoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 289-sonli Qarorida  pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan 2-4 bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari “4+2 tartibi”da olib borilishini taʼminlash belgilangan.Endilikda talabalar 4 kun o’qishda olgan nazariy bilimlarini 2 kun davomida amaliyotda qo’llash imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar. Urganch davlat universitetining Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi  203-guruhi talabalari Urganch shahar  8-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida amaliyot jarayonlarini olib bormoqdalar. Shuningdek, amaliyot davomida talabalar bog’cha nafasini his qilib, o’zining bilim salohiyatini har tomonlama ko’rsatish va tizim bilan yaqindan tanishish, muhitni his qilish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.

 

Ulashish: