Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



ILMIY-NAZARIY SEMINAR

2022-yil 7-dekabr sanasida Xorijiy filologiya fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchisi Axmedova Ugiljon Kuronboyevna  “ Ingliz tilini o’qitishda OTM talabalarining kreativlik qobiliyatini loyihaga asoslangan ta’lim orqali rivojlantirish” mavzusida kafedra professor o’qituvchilariga ilmiy-nazariy seminar o’tkazdi. Seminar davomida loyihaga asoslangan ta’limning chet tili o’qitish metodikasidagi tutgan o’rni, ilk paydo bo’lish davrlari va rivojlanish bosqichlari, O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarining filologik yo’nalishlarida yondashuvdan foydalanish holati kabi manbalar haqida to’liq ma’lumot berib o’tildi.  Seminar juda qizg’in va muzokaraga boy bo’ldi. Ayniqsa, kafedra professor-o’qituvchilari bilan olib borilgan loyiha ishlarini yaratishdagi qiyinchiliklar va afzalliklar borasidagi bahs-munozaralar juda qizg’in tus oldi.

Ulashish: