Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



BRITANIYA KENGASHI MUTAXASSISI BAHOLASH TIZIMI BOʻYICHA MAHORAT DARSI OʻTDI

Keyingi yillarda Britaniya Kengashi O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish va ingliz tilini o‘rganishni ommalashtirish, shuningdek, ingliz tili o’qituvchilari orasida xorijiy pedagogik metodlarni qo’llay olish qobilyatini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni ilgari surish doirasida madaniy va ijodiy sohalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni davom ettiradi.Shu munosabat bilan British Council ma’ruzachisi Aidan Holland tomonidan Urganch Davlat Universiteti o’qituvchilarga 24-yanvar kuni “Review of Modern methods for assessing English language proficiency based on educational and examination products of the British Council” mavzusida master klass o’tkazdi.Ushbu seminarda “Xorijiy Filologiya”fakulteti o’qituvchilari qatnashishdi va baholash tizimi boyicha bilim ko’nikmalarini yanada oshirib,fikr almashishdi.Seminarda o’qituvchilar guruhlarga bo’linib baholash tizimi bo’yicha o’z fikrlarini bayon etishdi.Seminar so’ngida o’qituvchilar Britaniya Kengashi a’zolari tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Bu seminarni tashkil qilishda coordinator Amirsaid Sadikov (amirsaid.sadikov@britishcouncil.org) va O’zbekistonda imtihonlarni tashkillashtirish bo’yicha mas’ul hodim: Andrey Maksakov (andrey.maksakov@britishcouncil.org ) yaqindan yordam berishdi.

 

Ulashish: