Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Ochiq eshiklar kuni” hamda o‘rta maktablarda universitet haqida ma’lumot berish maqsadida targ'ibot ishlari olib borilmoqda

Joriy yilning 30-yanvar kuni Filologiya fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti,  f.f.d. D.T.Yuldashev Urganch shahar va tumanlariga tegishli o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga 2023-yil yanvar-may oylarida Urganch davlat universiteti to‘g‘risida taassurot shakllantirish, ularga kasb hamda mutaxassisliklar haqida tushuncha berish uchun tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni” hamda o‘rta maktablarda universitet haqida ma’lumot berish maqsadida Urganch shahar 5-son umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdi.  Uchrashuvda Urganch davlat universiteti fakultet hamda yo'nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, olib borilayotgan ilmiy, o'quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi. O'quvchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Ulashish: