Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xalqaro hamkorlik

2023 yildan boshlab Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universitetining  (SPbDU) Tilni bilish bo‘yicha test sinovi markazi va Urganch davlat universiteti (UrDU) o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq hamkor oliy taʼlim muassasasining mutaxassislari tomonidan viloyatimizning umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘qituvchilariga xalqaro darajadagi sertifikat berish bo‘yicha sinovlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, ushbu sinovlarning birinchi sessiyasi joriy yilning 3 fevral kuni Urganch davlat universitetida o‘tkazildi. Har bir sinov 5 subtestni o‘z ichiga oladi (O‘qish, Yozish, Tinglab tushunish, Gapirish, Leksika-grammatika).

Ushbu sinovlarning birinchi sessiyasi joriy yilning 3 fevral kuni chet ellik mutaxassis Oleg Ivanovich Krinitskiy va Nizomiy nomidagi TDPU mutaxassisi Matenova Yuliya Umidovnalar tomonidan o‘tkazildi.

Urganch davlat universiteti va hamkor oliy taʼlim muassasasining ushbu test jarayonlari uchun masʼul professor-o‘qituvchilari viloyatimizning rus tili bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘qituvchilarini keyingi sessiyalarga taklif qiladilar.

Bundan tashqari, maktab o‘qituvchilari va SPbDU hamda UrDU mutaxassislari o‘rtasida qulay tarzda va tezkor maʼlumot almashish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida maxsus chat yaratilgan (https://t.me/U6N8zyidtbU5M2Uy). Bu yerda o‘qituvchilar nafaqat sertifikat olish bo‘yicha test jarayonlari, balki jahon universitetlari reytingining TOP-1000 ro‘yxatiga kiradigan SPbDUdagi malaka oshirish dasturlari, rus tili bo‘yicha o‘tkazilayotgan turli olimpiadalar, so‘zlashuv klublari va boshqa foydali maʼlumotlarni olishlari mumkin. Bunday olimpiadalar g‘oliblari bosh sovrin sifatida istalgan daraja bo‘yicha SPbDUning UrDUdagi maydonchasida sertifikat olish maqsadida bepul imtihon topshirishlari uchun vaucher yutib olishlari mumkin. Jumladan, shu kabi olimpiadalardan birining g‘olibi 2022 yil dekabr oyida o‘z vaucheridan foydalanib, SPbDUning Toshkent shahridagi hamkori hisoblangan TDPU maydonchasida topshirdi.

Bizga qo‘shiling – afsuslanmaysiz!

Ulashish: