Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining Final soni boʻlib oʻtdi

14-fevral kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti tashabbusi bilan universitetning notiqlik madaniyatini o'zida shakllantira olgan, faol hamda tashabbuskor talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining Final soni boʻlib oʻtdi.

Loyihaning final bosqichi buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hamda taniqli adib, shoir Omon Matjon ijodiga bagʻishlandi.

Oʻzbek xalqining ikki buyuk adibi hayoti va ijodiga bagʻishlangan videolavhalar bilan boshlangan tanlovda Filologiya hamda Pedagogika fakultetlaridan 6 nafar talaba qizlar 2 shart mobaynida notiqlik mahorati va bilim salohiyatlarini sahnada namoyon etdilar.  

Tadbirning badiiy qismi esa 197-guruh talabalari tomonidan tayyorlandi. Bobur gʻazallari asosida musiqiy  chiqishlar, sahna koʻrinishlari, ifodali oʻqilgan sheʻrlar orqali talabalar adib ijodini ochib berishga muvaffaq boʻldilar.

Anʻanaga muvofiq, ushbu loyihaning final bosqichi gʻolibi universitet rektorining qimmatbaho sovgʻasi, yaʻni noutbuk sohibiga aylanadi. Hakamlar hayʻati xulosasiga koʻra, bu galgi noutbuk  final bosqichining mutloq gʻolibi Filologiya fakulteti 202-guruh talabasi Farangiz Soburyozovaga nasib qildi. Filologiya fakulteti dekani D.Gʻayipov yutuqni oʻz egasi tanatanali topshirdi. 

Shuningdek, faxrli oʻrin sohiblari hamda tanlovda faol qatnashgan talabalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Ulashish: