Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Filologiya fakultetida ochiq ma'ruzalar tashkil qilinmoqda

Joriy yilning 24-fevral sanasida UrDU Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi, PhD Saidjanova Zebo rahbarligida 201, 202, 203-guruh talabalariga "Qur'on va o'zbek adabiyoti" fanidan ochiq ma'ruza o'tkazildi.  

Ochiq dars "Qutadg'u bilig"da Qur'oniy mavzular talqini" mavzusida bo'lib o'tdi. Talabalar XI asr yozma yodgorligi bo'lgan turkiy xalqlarning adabiy asarlarida Qur'oni Karim ta'siri, muqaddima va asosiy boblardagi hamohanglik haqidagi yangi bilimlarga ega bo'ldilar.  Dars jarayonida kuzatuvchi sifatida filologiya fanlari doktori, dotsent  S.Sariyev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Djumaniyazovalar ishtirok etishdi. Darsdan so'ng kuzatuvchi o'qituvchilar o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.

Ulashish: