Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDU Filologiya fakultetida fakultet Kengash yig'ilishi o'tkazildi

UrDU Filologiya fakultetida dekan D.G'ayipov raisligida fakultet Kengash yig'ilishi o'tkazildi.  
Unda  bugungi kundagi  ijtimoiy-siyosiy, ta'lim sohasidagi yangiliklar, qarorlar, o'tkazilgan tadbirlar hamda professor-o'qituvchilar tomonidan ochiq darslarining sifatli olib borilishi kabi muhim vazifalar ta'kidlab o'tildi. 

Kengash davomida o'quv, o'quv-uslubiy ishlaridagi fidoyiligi uchun fakultetda samarali faoliyat olib borayotgan G.Tangriberganova hamda 192-guruh (rus tili yoʻnalishi) talabasi M.Gʻulomjonova Rossiya Federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan "Global Universitetlar Assotsiatsiyasi -- 2023" xalqaro olimpiadasida Top mingtalikka kiruvchi oliy ta'lim muassasalaridan to'rttasiga magistratura uchun grantni qoʻlga kiritganligi munosabati bilan faxriy yorliq, estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Fakultet dekani D.G'ayipov yaqinlashib kelayotgan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha ayol-qizlarni samimiy muborakbod etdi.

Ulashish: