Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining FINAL soni bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 9-fevral kuni Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining shoir tavalludining 582 yilligiga bagʻishlangan FINAL soni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir oʻziga xos bayramona va koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Badiiy qism Filologiya fakulteti 198-guruh talabalarining chiqishlari, shoir hayotiga bagʻishlangan sahna koʻrinishi hamda Navoiy ijodiga mansub gʻazallarga bastalangan kuy-qoʻshiq va raqslar bilan yanada jonli tus oldi.

Tadbir yakunida Filologiya fakultetining universitet miqyosidagi yana 2 ta loyihasining  FINAL bosqichi gʻoliblariga Diplom hamda universitet rektorining maxsus sovgʻasi - NOUTBUKlar UrDU birinchi prorektori S.Davletov hamda fakultet dekani D.G'ayipovlar tomonidan tantanali topshirildi. Ahamiyatlisi, har uchala g'oliblarimiz ham 204-guruh talabalaridir: 

"She'riyat shohsupasi" tanlovi g'olibasi Ismoilova Kamola;

"Kitobxon talaba" tanlovi g'olibasi Jumaniyozova Munis;

"Navoiyxon talaba" tanlovi g'olibasi Shomuratova Risolat.

Hazrat Navoiy ijod namunalari, hikmatli soʻzlarini talabalar qalbiga yana bir bor muhrlagan ushbu tadbir yakunida fakultet dekani D.Gʻayipov bashariyatning daho farzandi boʻlgan hazrat tavalludi bilan barchani yana bir bor tabrikladi. Tadbirning faol qatnashchilari faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Ulashish: