Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Mahorat darslari davom etmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda reja jadvalga ko'ra Filologiya fakulteti  professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari olib borilmoqda.

Joriy yilning 17-fevral kuni Filologiya fakulteti  O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti I.Ismoilov mazkur maktabda  "Ogahiy ijodining Xorazm adabiy muhitida tutgan oʻrni" mavzusida mahorat darsi tashkil qildi. 

Darsda Ogahiy fasohatli shoir, mohir tarjimon, davlat arbobi va zukko tarixchi olim ekanligi hamda shoir ijodida aruz vaznining mohirona qoʻllanilishi haqidagi ma'lumotlarga alohida to'xtalib o'tildi. Mahorat darsi  noan'anaviy tarzda yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi.

Ulashish: