Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Filologiya fakultetida ilmiy ishlar koʻrgazmasi bo'lib o'tdi

Bugun, 24-fevral kuni UrDU Filologiya fakultetida ilmiy ishlar koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda. 

Koʻrgazmada fakultet professor-oʻqituvchilarining ilmiy izlanishlari, oʻquv hamda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari, monografiyalari bilan birga iqtidorli talaba-yoshlarning yuqori indeksli xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallar, konferensiyalarda chop qilingan maqolalari ham namoyish etilmoqda. 

Koʻrgazma orqali koʻzlangan asosiy maqsad Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda ilmiy izlanuvchilarining oxirgi yillarda qoʻlga kiritgan yutuqlarini sarhisob qilish va bu orqali kelgusi yillarda qilinishi kerak boʻlgan ilmiy ishlar xaritasini tuzishdir.

Ulashish: