Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan joylarda tadbirlar o'tkazilmoqda

Joriy yilning 1-mart sanasida Urganch davlat universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi A.Otaboyev O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlariga qarashli 7260 harbiy qism xodimlari uchun O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova  tavalludining 108 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda ma'ruza qildi.

Tadbirda Zulfiyaning hayoti va ijodi yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berildi. O'zbek adabiyotida sadoqat timsoliga aylangan shoiramizning ijodida vatanparlik, tinchlik kabi mavzularning ulug'langanligiga alohida e'tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari o'zlari qiziqqan savollar bilan  faol ishtirok etishdi. Tadbir ko'tarinki ruhda tashkil etildi.

Ulashish: