“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish ishlari yana boshlab yuborildi
Bahor kirib kelishi bilan respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish ishlari yana boshlab yuborildi.
Xususan, Urganch davlat universitetida ham. Universitet hududi boʻylab ishchi-xodimlar tomonidan manzarali daraxtlar ekilmoqda. Oldin ekilgan mevali va manzarali daraxtlar oqlanib, tabiatga oʻzgacha chiroy va fayz ulashilmoqda.
Ushbu ekilayotgan navlar kelgusida universitetimizning koʻrkiga koʻrk qoʻshib, atrof-muhitni yanada koʻkalamzorlashtiradi. Bu esa insonlarga nafaqat yaxshi kayfiyat ulashadi, balki salomatlik uchun ham juda foydali soʻlim maskanga aylanishiga hissa qoʻshadi. Soyasidan barchamiz birday bahramand boʻlamiz!



