Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



2-fevral - ''Suv-botqoq hududlari kuni”

Tadbirni “Ekologiya va HFX” kafedrasi mudiri dotsent S.Babajanova ochib berar ekan, ushbu tadbir kun tartibidagi masala yusasidagi mavzu “2-fevral - Suv-botqoq hududlari kuni” munosabati bilan o’tkazilayotganini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so‘ng kafedra dotsenti A.Masharipov so’z olib, atrof-muhit muhofazasi hamda bioxilma-xillikni himoya qilishda yoshlarning ekologik madaniyatni yuksaltirishda ekologik ong va tushuncha va ularning roli haqida to’xtalib o’tdi.

Keyin kafedra dotsenti G”.Yoqubov so’zga chiqib, mamlakat barqaror taraqqiyoti va hududlar hamda hayvonot olamini muhofazasida suv-botqoq hudularning ahamiyati borasida gapirib o’tdi.

Shuningdek, tadbirda “Ekologiya va HFX” kafedrasi katta o’qituvchilari D.Maxmudova va Sh. Jumaniyozovalat ham so’z olib, mavzu yuzasidan o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tishdi. Ta’kidlandiki, suv-botqoq hudularning ayniqsa ko’chib yuruvchi qushlar uchun ahamiyatli bo’lib, bu borada Ramsar konvensiyasi o’tkazilganligini e’tirof etishdi.

Bundan tashqari tadbirda fakultet tyutori R.Matchanov hamda faol talabalat ham so’zga chiqib, mavzu yuzasida o’z munosabatini bildirib o’tishdi.

Shundan so‘ng talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Tadbir munozara va muhokamalarga boy, qizg‘in tarzda o‘tkazildi.

Ulashish: