Urganch davlat universitetida chempionlar ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Bugun Urganch davlat universiteti yozgi sport maydonida Jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olayotgan talabalar, Kurash sport turi boʻyicha Jahon, Osiyo va Respublika chempionlari tomonidan mahorat olib borildi, talabalarga oʻzlarining mahorat sirlarini oʻrgatdilar.
Oʻtkazilgan mahorat darsi mobaynida xalqaro toifadagi sport ustasi, Kurash boʻyicha Osiyo chempioni Gulyor Otajanova qaltis vaziyatlarda qanday harakatlar qilish lozimligi toʻgʻrisida nazariy va amaliy jihatdan tushunchalar berdi.
Sportchilarning mahorat saboqlari maydonga yigʻilgan 700 nafardan ortiq yoshlar uchun katta ibrat maktabi vazifasini oʻtadi.


